"Inter" Eriksen uchun taklifini yaxshiladi

  • 17 yanvar, 2020, 13:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" "Tottenxem" bilan Kristian Eriksen transferi masalasida muzokaralarni davom ettirmoqda.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashri jurnalisti Nikolo Skiri xabariga ko‘ra, futbolchining agenti Martun Shuts Milanda klub bilan Eriksenning shartnomasi bo‘yicha kelishuvga erishgan.

O‘z navbatida milanliklar futbolchi uchun to‘lanadigan tovon pulini 18 million evroga ko‘tardi. Oldinroq, A Seriya klubi "shporlar"ga daniyalikning transferi uchun 10 million evro taklif qilgan edi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar transfer ishini yaqin vaqtlar ichida yakunlanishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!