"Inter" Eriksenga 4 yillik shartnoma taklif qildi

  • 12 yanvar, 2020, 00:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” klubi xavbeki Kristian Eriksen “Inter” bilan og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra daniyalik futbolchi “neradzurrilar” bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzolaydi. Endi milanliklar ushbu transfer masalasini “Tottenxem” bilan kelishib olishi kerak.

O‘z navbatida “shporlar” 27 yoshli daniyalik futbolchini 20 mln evroga baholashmoqda. Biroq, “Inter” yarim yildan so‘ng shartnomasi tugaydigan futbolchining narxini pasaytirmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!