"Inter" futbolchisi jamoani tark etishga qaror qildi

  • 12 iyul, 2022, 13:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" futbolchisi Arturo Vidal jamoani tark etadigan bo‘ldi. Bu haqda Milan klubi matbuot xizmati xabar berdi. 

Tecno

Futbolchi va klub o‘zaro kelishgan holda hamkorlikni bekor qilgan. Shu tariqa, Vidal erkin agentga aylandi. 

Ayni paytda Arturo faoliyatini Braziliyada davom ettirishi kutilmoqda. U "Flamengo" klubi bilan muzokaralar olib bormoqda.

Ma’lumot o‘rnida, chililik yarim himoyachi o‘tgan mavsum A Seriyaning 27 bahsida bitta gol va yana shuncha assist qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!