"Inter" futbolchisini "Yuventus"ga sotmadi

  • 25.12.2021 09:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Italiya matbuotiga ma’lum bo‘lishicha, "Yuventus" "Inter" yarim himoyachisi Matias Vesinoga qiziqib qolgan. Oldinroq “neradzurrilar” urugvaylik futbolchi bilan yanvarda xayrlashmoqchi ekani haqida xabar berilgandi.

Biroq Milan klubi rahbariyati uni aynan “Yuventus”ga qo‘yib yuborishi dargumon. Bunga “Inter”ning printsipial raqobatchisiga sotmasligi sabab bo‘lishi mumkin.

Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, "Inter" rahbariyati "Yuventus"ning iltimosini darhol rad etgan.  Klublar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish imkoniyati ham juda past baholanmoqda.

Shu tariqa, “Yuventus” Vesinoni asosiy transfer maqsadlardan biri deb hisoblagan bo‘lsa-da, bu o‘ringa yangi futbolchi qidirishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!