"Inter" Hakimini PSJga deyarli 2 barobar qimmatga sotmoqchi

  • 29 may, 2021, 10:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ mavsumlar oralig‘ida “Inter” himoyachisi Ashraf Hakimini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikola Skira xabar bermoqda.

Tecno

Parijliklar 22 yoshli marokashlik futbolchini jamoaning o‘ng qanot himoyasini sezilarli darajada kuchaytira oladi deb hisoblashmoqda.

PSJ Hakimiga 2026 yilga qadar tuzilgan shartnoma hamda yiliga 8 million evro maosh taklif qilmoqda. Klub sport direktori Leonardo “Inter” rahbariyati bilan ushbu transfer masalasida muzokaralar olib bormoqda. “Neradzurrilar” Ashraf uchun 70 mln evro talab qilmoqda. Vaholonki, milanliklar uni bir yil muqaddam “Real”dan 40 mln evroga sotib olishgan edi.

Hakimi joriy mavsum A Seriyada jami 37 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 7 ta gol hamda 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!