"Inter" himoyachisini Manchester klublariga sotmadi

  • 28.05.2018 22:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Milanning “Inter” klubi himoyachisi Milan Shkrinyar faoliyatini Manchester shahri klublaridan birida davom ettirishi mumkin edi.

Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” klublari 23 yoshli slovakiyalik futbolchi uchun “neradzurrilar”ga 60 mln evro taklif qilishdi. Ta’kidlash lozimki, mankuanliklar “Inter”ning moliyaviy feyr-pleyga amal qilishi uchun futbolchilaridan birini sotishga majbur bo‘lishini bilishgan va shu bois Shkrinyarni qo‘lga kiritishni rejalashtirishgan edi. Ammo, milanliklar Manchester klublarining bu boradagi barcha takliflarini rad etishgan. “Inter” iste’dodli futbolchisini o‘z safida saqlab qolmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!