
"Inter" Immobilesiz qolgan "Latsio"ni engolmadi
Italiya A Seriyasining 3-turida "Latsio" klubi o‘z uyida "Inter"ni qabul qildi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Keskin kurashlarga boy kechgan uchrashuvning birinchi bo‘limida Lautaro Martines hisobni ochgan bo‘lsa, 55-daqiqaga kelib, Milinkovich-Savich muvozanatni tikladi. 70-daqiqada Vidalni yuziga urgani uchun Chiro Immobile maydondan chetlashtirildi. Oradan 16 daqiqa o‘tib, bosh hakam milanliklar a’zosi Stefano Sensini ham maydondan chetlatdi.
Shu tariqa, ikki jamoa bittadan ochko bilan kifoyalandi.
Fikrlar