"Inter" Jeko uchun 12 mln evro taklif etdi. "Roma" esa 20 mln so‘ramoqda
"Neradzurrilar" 33 yoshli forvard uchun 12 mln evro berishga tayyorlar, ammo rimliklar bosniyalik futbolchi uchun 20 mln evro so‘ramoqda.
O‘z navbatida "bo‘rilar" Jekoga hozircha munosib o‘rinbosar topganlaricha yo‘q. Ma’lumot uchun, Jeko yakuniga etgan mavsumda A Seriyada 33 ta bahsda maydonga tushdi va 9 ta gol kiritib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar