
"Inter" Jiruga qiziqmoqda
Milanning "Inter" klubi "Chelsi" forvardi Olive Jiruni sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tuttosport nashri xabar tarqatmoqda.
“Neradzurrilar” rahbariyati jamoaning asosiy hujumchisi Romelu Lukakuga o‘rindosh qidirishmoqda va bu borada aynan frantsiyalik futbolchi nomzodi ilgari surilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Inter” yozda ushbu o‘ringa "Roma" forvardi Edin Jekoni olib kelishga harakat qilib ko‘rdi, biroq yakunda tomonlar o‘zaro kelishuvga erisha olishmadi.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli Jiru joriy mavsum “Chelsi” safida bor yo‘g‘i 3 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.
Fikrlar