
"Inter" klubi "Napoli" hujumchisi uchun neapolliklardan ko‘ra ko‘proq maosh taklif qilmoqda
«Inter» klubi "Napoli" hujumchisi Dris Mertens bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikola Skira tvitterdagi o‘zining sahifasida yozib qoldirdi.
Uning ma’lum qilishicha, milanliklar 32 yoshlik belgiyalik uchun 2 yillik shartnoma va bonuslarni inobatga olmaganda 6 million evrolik maosh taklif qilmoqda.
«Napoli» ham Mertensni jamoada olib qolishni istaydi. Neapolliklar hujumchi bilan shartnomani uzaytirishmoqchi. Ammo klub ikki yil uchun 4 million evro taklif qilmoqda.
«Napoli» ham Mertensni jamoada olib qolishni istaydi. Neapolliklar hujumchi bilan shartnomani uzaytirishmoqchi. Ammo klub ikki yil uchun 4 million evro taklif qilmoqda.
Fikrlar