
"Inter" Lukakuning ketishiga tayyorlanmoqda
"Inter" klubi rahbariyati jamoaning belgiyalik hujumchisi Romelu Lukakuning ketishiga tayyorlanmoqda.
Italiyalik jurnalist-insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, agar Lukaku ketsa, “neradzurrilar” uning o‘rniga “Atalanta” hujumchisi Duvan Sapatani sotib olishadi.
Bundan avvalroq "Chelsi" Lukaku uchun 100 million emas, 120-130 million evro taklif qilishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Agar ushbu taklif rasmiy ravishda yuborilsa, katta ehtimol bilan “Inter” ko‘p o‘ylab o‘tirmasdan Romeluni sotib yuboradi.
Duvan Sapata o‘tgan mavsum “Atalanta” safida jami 49 ta o‘yinda ishtirok etdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 19 ta gol hamda 12 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar