
"Inter" Lukman uchun taklifni oshirdi – muzokaralar davom etmoqda
Milanning "Inter" klubi "Atalanta" hujumchisi Ademola Lukmanni o‘z safiga qo‘shib olish maqsadida muzokaralar olib bormoqda. 27 yoshli nigeriyalik futbolchi "nerazzurrilar"ga o‘tishga tayyor, ammo klublar o‘rtasida hali to‘liq kelishuvga erishilmagan.
Jurnalist Paskuale Guarroning xabariga ko‘ra, "Inter" Lukman uchun taklifni yaxshilab, bonuslar bilan birga 45 million evro taklif qilgan. Ammo "Atalanta" hozircha 50 million evro talab qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ademola o‘tgan mavsumda jamoasi uchun 40 o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol va 7 ta assist qayd etdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 60 million evro deb baholamoqda.
Fikrlar