"Inter" Martinesga o‘rinbosar topdi
"Inter" yozda klubni tark etishi kutilayotgan hujumchi Lautaro Martinesga o‘rinbosar izlash ishlarini boshlab yubordi.
Italiya nashrlari xabariga ko‘ra, italiyaliklar rahbariyati "Arsenal" forvardi Per-Emerik Obameyangni argentinalikning zahira varianti sifatida ko‘rishmoqda.
Obamenyangning "kanonirlar" bilan amaldagi shartnomasi bir yildan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi. Tomonlar yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralarni boshlashganicha yo‘q. "Neradzurrilar" esa vujudga kelgan ushbu vaziyatda unumli foydalanib, forvard bilan shartnoma imzolash niyatida.



Fikrlar