"Inter" o‘z maydonida qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi

  • 23 yanvar, 2022, 00:06
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriya 23-turidan o‘rin olgan "Inter" - "Venetsiya" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda mezbonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi. 

Dastlab, mehmonlar futbolchisi Anri hisobni ochdi. Birinchi taym yakuniga yaqin Barella muvozanatni tikladi. O‘yinning asosiy vaqti tugagan bir paytda Jeko "neradzurrilar"ga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi. 

Shunday qilib, Inzagi shogirdlari hisobidagi ochkolar sonini 53 taga etkazib oldi. Ayni vaqtda ular Italiya chempionati turnir jadvalida yaqqol peshqadam hisoblanadi. 18 ochkoga ega "Venetsiya" 17-pog‘onani band etgan. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!