"Inter" Perishichni ortga qaytarmoqchi

  • 16.08.2020 00:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Inter" rahbariyati “Bavariya”ga ijaraga berib yuborgan vingeri Ivan Perishichni yana tarkibga qaytarmoqchi. Bu haqda italiyalik jurnalist Janluka Di Martsio xabar tarqatmoqda.

Ta’kidlash kerakki, Antonio Konte “neradzurrilar” boshqaruviga taklif etilgach, 31 yoshli xorvatiyalik futbolchiga uning jamoasida joy yo‘qligini aytgan va shundan so‘ng u nemis grandiga ijaraga berib yuborilgan edi.

Perishich bu mavsum “Bavariya” safida 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 8 ta gol hamda 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Germaniya chempioni uni 20 mln evroga sotib olish huquqiga ega va ular xuddi shu imkoniyatdan foydalanib, uni tarkibda saqlab qolishmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!