“Inter” “Real” futbolchisini xarid qilishi mumkin

  • 01.08.2022 13:44
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" himoyachisi Alvaro Odriosola faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkin. Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, ispaniyalik futbolchining xizmatlari “neradzurri” rahbariyatiga taklif qilingan.

Avvalroq, Odriosola transferga qo‘yilgandi. Futbolchi o‘tgan mavsumni "Fiorentina"da ijarada o‘tkazdi, ammo florentsiyaliklar uni to‘liq sotib olish uchun etarlicha pul topa olmadi. “Real” esa unga asosiy tarkibdan joy kafolatlay olmaydi.

Alvaro "Inter"da o‘ng qanot himoyachisi Denzel Dyumfrisning o‘rnini egallashi mumkin. Boisi, milanliklar uni qarzlarini to‘lash uchun 40 million evroga sotmoqchi. Gollandiyalik futbolchiga hozirda “Chelsi” va “Manchester Yunayted” klublari qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!