
"Inter" "Roma" futbolchisi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi
"Roma" futbolchisi Genrix Mxitaryan "Inter" bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekdi. Bu haqda taniqli insayder Nikola Skira xabar berdi.
33 yoshli armanistonlik yarim himoyachi Milan klubi bilan 2024 yilga qadar amal qiladigan bitimga qo‘l qo‘ygan. U jamoada yiliga 3,5 million evro maosh oladi. Transfer tez orada rasman e’lon qilinadi.
Ma’lumot o‘rnida, Genrix yakunlangan mavsum "Roma" safida A Seriyaning 31 o‘yinida 5 gol va 6 assist muallifiga aylangan.
Fikrlar