
"Inter" "Shaxtyor"ga qarshi o‘yindan oldin jiddiy yo‘qotishlarga uchradi
"Inter" klubi Chempionlar ligasi guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan "Shaxtyor"ga qarshi bahs oldidan jiddiy yo‘qotishga uchradi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, yarim himoyachi Stefano Sensi va hujumchi Aleksis Sanches mushaklaridan jarohat olgan. Ular hatto Ukrainaga ham yo‘l olmagan, Italiyada qolgan.
31 yoshli Sanches joriy mavsum “Inter”da 5 ta o‘yin o‘tkazdi va 2 ta golga assistentlik qildi. 25 yoshli Sensi “neradzurrilar” sharafini 3 ta o‘yinda himoya qildi.
"Shaxtyor" - "Inter" uchrashuvi 27 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:55 da boshlanadi.
Fikrlar