
"Inter" shu kungacha Eriksenning transferi bo‘yicha rasmiy taklif olmadi
“Inter” rahbariyati “San-Siro”da ko‘rsata olmagan Kristian Eriksendan tezroq qutilmoqchi.
Bundan avvalroq, “Tottenxem” bir yil oldin 27 mln evroga sotib yuborgan daniyalik yarim himoyachini ijaraga olmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bunda tashqari, PSJ, “Vest Xem” va “Arsenal” kabi jamoalardan ham qiziqishlar borligi haqida ma’lum qilingan edi.
Ammo italiyalik jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, “neradzurrilar” haligacha Eriksenning transferi bo‘yicha birorta ham rasmiy taklif olmagan.
Kristian Eriksen joriy mavsum “Inter” safida jami 12 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar