"Inter" "Siti"dagi yagona hujumchini sotib olmoqchi

  • 23 fevral, 2022, 11:10
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Inter" klubi yozgi transferlar oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirishga harakat qiladi. Hozirda "neradzurrilar" bir qancha variantlarni ko‘rib chiqmoqda. 

Ular orasida "Manchester Siti" futbolchisi Gabriel Jezus ham bor. Milanliklar Jezusni yozda ketishi kutilayotgan Lautaro Martines o‘rniga olib kelmoqchi. 

"Shaharliklar" hujumchini sotmoqchi emas. Sababi, ayni payt klub safida brazildan boshqa nominal hujumchi mavjud emas. 

Ma’lumot o‘rnida, Gabriel Jezus joriy mavsum APLning 19 o‘yinida 2 gol va 8 assist muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!