"Inter" so‘nggi 9 oyda ilk bor o‘z darvozasidan 3 ta gol o‘tkazib yubordi
“Inter” kecha A Seriyaning 27-turida o‘z maydonida “Sassuolo”ni qabul qildi va 3:3 hisobida durang qayd etdi.
Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra, “neradzurrilar” 2019 yilning oktyabridan buyon ilk bor o‘z darvozalaridan 3 ta gol o‘tkazib yuborishdi. Qizig‘i, o‘shanda ham “Inter”ning raqibi aynan “Sassuolo” bo‘lgan edi. O‘shanda 4:3 hisobi qayd etilgan.
“Inter” ayni damda musobaqa jadvalida kuchli uchlikda bormoqda.

Fikrlar