"Inter" Turin klubining braziliyalik futbolchisini ko‘zlamoqda. Unga "Bavariya" ham xaridor

  • 10 mart, 2022, 14:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Torino" klubi himoyachisi Gleison Bremer faoliyatini A Seriya grandi safida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, 24 yoshli braziliyalik futbolchiga “Inter” tarafdan jiddiy qiziqish paydo bo‘lgan. Uni shuningdek, "Bavariya" va Evropaning boshqa grand klublari ham kuzatib bormoqda.

Bremer Italiya A Seriyasining joriy mavsumida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. U “Torino” safiga 2018 yilda "Atletiko Mineyro"dan ko‘chib o‘tgan.

Ayni damda “Torino” Italiya chempionati turnir jadvalida 11-o‘rinda, “Inter” esa 2-o‘rinda bormoqda.

Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra, futbolchining bahosi 20 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!