
"Inter" va "Ayaks" kutilganidek g‘alaba qozondi
Evropa chempionlar ligasi 5-turidan o‘rin olgan "Inter" - "Shaxtyor" uchrashuvi yaukniga etdi. Ushbu o‘yinda maydon egalari 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Eden Jekoning dubli "neradzurri"ga muhim bellashuvda g‘alaba keltirdi.
Mazkur natijadan so‘ng amaldagi Italiya chempioni o‘zi joy olgan guruhda birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. 1 ochkosi bor "Shaxtyor" "D" guruhida so‘nggi o‘rinni band etgan.
Shuningdek, "Inter" ishtirokidagi bahs bilan parallel tarzda "Beshiktosh" - "Ayaks" o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Fikrlar