
"Inter" yozda "Tottenxem" futbolchisini tekinga qo‘lga kiritmoqchi
Londonning “Tottenxem” klubi himoyachisi Yan Vertongen “Inter”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Calciomercato.com nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “neradzurrilar” yozda erkin agentga aylanadigan 32 yoshli belgiyalik futbolchini tarkibga qo‘shib olishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Vertongen joriy mavsum APLda 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar