
"Inter" zo‘rg‘a erishgan futbolchisini sotmoqchi
Daniyalik yarim himoyachi Kristian Eriksen joriy yozgi transferlar davrida "Inter"ni tark etishi mumkin. Bu haqda Sport Mediaset nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “neradzurrilar” bosh murabbiyi Antonio Konte Eriksenni yangi mavsumda asosiy tarkibda ko‘rmayapti va shu sababli rahbariyat uni 60 mln evro evaziga sotib yubormoqchi.
Eslatib o‘tamiz, “Inter” Eriksenni joriy qishki transferlar davrida “Tottenxem”dan 20 mln evaziga sotib olgan edi. U o‘tgan davr mobaynida milanliklar safida 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar