"Inter"da ishlari yurishmayotgan Eriksen Bundesliga klublariga o‘tishni xohlamadi
“Inter”da etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgan yarim himoyachi Kristian Eriksen Bundesliga klublaridan bo‘lgan takliflarni rad etdi.
Sky Sport tarqatgan xabarga qaraganda, 28 yoshli daniyalik futbolchi “Borussiya” Dortmund va “Gerta” klublari bilan muzokaralar o‘tkazgan. Ammo yakunda rad javobini bergan.
Eriksen “Inter” safiga o‘tgan yilning yanvarida “Tottenxem”dan kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan davr mobaynida A Seriyada 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.



Fikrlar