
“Inter”ning rejalari ulkan. Ularning navbatdagi nishoni Markinos
Frantsiyaning PSJ klubi himoyachisi Markinos faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football Italia xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Inter” parijliklar futbolchisi hisoblangan Markinosga qiziqib qolgan. Buning uchun milanliklar yozgi transferlar mavsumida Markinosni o‘z saflariga qo‘shib olish uchun harakat qilishadi.
Ma’lumot o‘rnida, Markinos jamoani tark etsa, uning o‘rni “Roma” himoyachisi Kostat Manolas bilan to‘ldirilishi kutilmoqda.
Fikrlar