Intriga avjida. OChLga qaysi jamoa yo‘l oladi?

  • 25 noyabr, 2021, 11:33
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha O‘zbekiston kubogi yarim final bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. "Nasaf" AGMKni mag‘lub etgan bo‘lsa, "Paxtakor" "Bunyodkor"dan ustun keldi.

Tecno

Ushbu natijalardan so‘ng 2022 yilgi Osiyo chempionlar ligasida qatnashish imkoniyatiga ega jamoalar soni kamaydi. "Bunyodkor" kurashdan chiqdi va 3ta nomzod qoldi.

Qaysi jamoalarda qanday imkoniyat borligi bilan quyida tanishtirib o‘tamiz:

AGMK - chempionatda ikkinchi o‘rinni egallash va O‘zbekiston kubogi finalida "Paxtakor"ning g‘alabasini umid qilish;

"Nasaf" - ikkinchi o‘rinni egallash yoki O‘zbekiston kubogi finalida g‘alaba qozonish;

"So‘g‘diyona" - Superligada ikkinchi o‘rinni egallash va kubok finalida "sherlar"ning g‘alabasini kutish;

Chempionatning so‘nggi turi shanba kuni bo‘lib o‘tadi.

AGMK ayni damda 47 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. "Nasaf"da 45, "So‘g‘diyona"da esa 44 ochko mavjud.

Olmaliqliklar ikkinchi o‘rinni egallashi uchun "So‘g‘diyona"ni mag‘lub etishi kerak. Yoki durang o‘ynab, "Nasaf"ning "Loko" bilan o‘yinda muvaffaqiyatsizligini kutishi lozim.

boakyeee

"Nasaf" ikkinchi o‘rinni egallashi uchun "temiryo‘lchilar"ni mag‘lub etib, AGMK "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonmasligiga umid qilishi kerak.

nasafloko

“So‘g‘diyona” ikkinchi bo‘lish uchun AGMKni yutishi va “Nasaf” “Loko”ni mag‘lub etmasligini kutishi kerak.

sogdiana

Agar "Paxtakor" kubok finalida g‘alaba qozonsa, Superligada uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoada ham imkoniyat paydo bo‘ladi. Qanday qilib, deysizmi? Xo‘sh, agar "sherlar" ikki frontda chempion bo‘lsa, chempionatda ikkinchi o‘rinni egallagan jamoa OChL saralash bosqichida ishtirok etadi. U jamoa guruh bosqichiga yo‘l olsa, uchinchi pog‘onadagi klub OFK kubogida qatnashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
27/11/2021 12:39
eh Nasafjon hammasi uz qulinga edi. lekin kerakli uyinlarga achko yoqotding aksiga olib chempion ohiriga sefatsiz poliyalarga safar qilding. PFL aytaveradi qaytaveradi. ham bulmasa yilni boshiga aytuvdi poliya talabka javob bermasa netral poliyaga utkaziladi devdi. lekin bizaniki klubni har qanaqa yul bilan uz holiga quyib quyishadi. agar Nasaf poliyasi shunoqa bulsaydi. albatta boshqa poliya utkazilardi va qonunga keritilib quyilgan deyilardi