Iordaniyadagi turnir favoritlari yoxud o‘zbek bokschilari uchun kimlar jiddiy raqib bo‘la oladi?

  • 5 mart, 2020, 14:26
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 3
  • Boks
CHERY AUTO

Iordaniyaning Amman shahrida Osiyo/Okeaniya bokschilari uchun litsenzion musobaqa start olganligidan xabaringiz bor. 

Tecno

Ushbu turnirning ahamiyatli tomoni Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma o‘ynalishidir. Shunday ekan, janglar juda shiddatli va qiziqarli bo‘lishi turgan gap. Albatta, mazkur musobaqada ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik charmqo‘lqop ustalarining imkoniyati yuqori va ular etakchilar qatorida deb bemalol ayta olamiz. Biroq bunday qadr va qiymati juda yuqori bo‘lgan turnirlarda har qanday raqibdan xavf kutish mumkin. Shuning uchun hotirjamlikka berilish yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Buni murabbiylar va bokschilarimiz ham anglab turganligiga shubhamiz yo‘q.

Qolaversa, 8 vazn toifasining barchasida kuchli bokschilar o‘rin olgan. Turgan gapki, baribir ularda yo‘llanmani qo‘lga kiritish imkoniyati yuqori bo‘ladi desak mubolag‘a bo‘lmas.

 Shu o‘rinda biz musobaqaning favoritlari haqida to‘xtalmoqchimiz. Albatta, bu bizning qarashlarimiz xolos.    

-52 kg

Shahobiddin Zoirov

Yurtdoshimiz yaqqol etakchi deb bemalol ayta olamiz.

Amit Pangal (Hindiston)

Hind boksining yorqin yulduzlaridan biri va u bizga yaxshi tanish...

Saken Bibosinov (Qozog‘iston)

 Qozoq boksi har doim kuchli bo‘lgan.

Azat Usenaliev (Qirg‘iziston)

U har qanday raqibga jiddiy boshog‘riq bo‘la oladi.

Inku Kim (Janubiy Koreya)

Koreyslarning umidi.

-57 kg

Mirazizbek Mirzahalilov( O‘zbekiston)

Unda o‘ziga xos motivatsiya mavjud. Chempionlik kollektsiyasiga Olimpiada g‘olibligi etishmayapti.

Tsenbaatar Erdenebat (Mo‘g‘uliston)

U jiddiy raqib ekanligini isbotlab kelmoqda.

Serik Temirjonov

Yon qo‘shnilarimizda ham raqobat kuchli... Uni mazkur turnirga jalb qilishgan ekan demak, u ham oddiy bokschi emas.

-63 kg

Elnur Abduraimov (O‘zbekiston)

Hamyurtimizning ham o‘z so‘zini aytadigan vaqti keldi.

Zokir Safiullin (Qozog‘iston)

Yaqqol etakchilardan biri...U ulkan tajriba egasi.

Bahodir Usmonov (Tojikiston)

Tojik bokschisining ham salohiyati havas qilgulik darajada.

-69 kg

Bobo-Usmon Baturov (O‘zbekiston)

Bu turnirda yurtdoshimizning imkoniyatini yuqori baholagan bo‘lardik.

Abylayxon Jusupov (Qozog‘iston)

Bu vazn toifasida har doim qozoq bokschilari yuksak natijalar qayd etgan.

 Sevonret Okazava (Yaponiya)

Vladimir Shinni tarbiyasini olayotgan bu yapon bokschisi hali, jiddiy natijalar qayd eta olishga qodir.

-75 kg

Fanat Qahramonov (O‘zbekiston)

U bildirilgan ishonni oqlaydi degan umiddamiz.

Abilxon Amankul (Qozog‘iston)

Bu vazndagi eng kuchlisi desak, yanglishmagan bo‘lamiz.

Eumir Marsial ( Filippin)

Filippin mamlakatining havaskor boksdagi yulduzlaridan...

81 kg

Dilshod Ro‘zmetov (O‘zbekiston)

 Uning salohiyatiga shubha yo‘q.

Bekzod Nurdauletov (Qozog‘iston)

Zalvorli zarbalar sohibi...

-91 kg

Sanjar Tursunov (O‘zbekiston)

Undan ajoyib janglar kutib qolamiz.

Vasiliy Levit (Qozog‘iston)

Ortiqcha ta’rifga muxtoj bo‘lmagan, ulkan tajriba egasi.

Kim Xyun Kyu (Janubiy Koreya)

Undan ham nimadir kutish mumkin.

Devid Nik (Yangi Zellandiya)

Okeaniya sha’nini munosib himoya qila oladigan mahorat sohibi.

 +91 kg

Bahodir Jalolov (O‘zbekiston)

U etakchi va ishonchli.

Qamshibek Ko‘nkaboev (Qozog‘iston)

U revansh istagida yonayotgan bo‘lsa ajab emas.

 Satish Kumar (Hindiston)

Hind bokschisining saviyasi ham yomon emas.

Justis Xuni (Avstraliya)

Qiziqarli raqib bo‘ladi.

 

 

 

 

 

                                                     

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Dastan Uteuliev
07/03/2020 18:43
Исроил Мадримов турнирди жандыратын еди
Dastan Uteuliev
07/03/2020 18:42
Бектемир Меликузиев, Шахрам Гиясов болганында зор болатын еди
&
Egamov
05/03/2020 15:50
Bahodir, Miraziz, Shahobiddin. SHulardan Umid qilsa bo‘ladi deb o‘yleman