
Irlandiyalik muxlislar MakGregordan nafratlanishadimi?
Engil vazn toifasida UFC chempioni Maykl Chendlerning aytishicha, irlandiyalik MMA muxlislari promoushenning sobiq ikki divizion chempioni Konor MakGregorni yomon ko‘rishadi.
Chendler restoranda irlandiyalik qiz bilan tanishganini aytib berdi va o‘sha Laura ismli qizdan Konorga qanday munosabatda ekanligini so‘radi. U esa Chandlerga shunday javob bergan:
"Sizga aytsam, biz avval, Konorni yaxshi ko‘rardik, ammo hozir unday emas. Agar men veterinar bo‘lganimda, uni molxonaga olib borib qo‘yardim."
Eslatib o‘tamiz, avvalroq MakGregor va Chendler 29 iyun kuni jang o‘tkazishi xabar qilingandi, biroq keyinroq jang so‘roq ostida ekanligi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
Fikrlar