Iroda va intilish diabetga chalingan velosportchimizga "Tur de Frans" sari yo‘l ochmoqda

BEPUL PROPAN

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) taqdim qilgan ma’lumotga ko‘ra, ayni paytda dunyo bo‘yicha 548 million insonda qandli diabet kasalligi uchraydi. Afsuski, bu juda hunuk statistika. Tashkilot 2012 yil o‘tkazilgan BMTning Bosh Assambleyasida qandli diabetni XXI asrda insoniyat salomatligi uchun xavfli kasalliklardan biri deb ta’kidlagan edi.

BMT butun dunyo bo‘yicha diabetga qarshi kurash borasida maxsus dastur ishlab chiqqan. O‘z navbatida O‘zbekistonda ham bu kasallikka qarshi kurash bo‘yicha maxsus ilmiy-amaliy ishlar olib borilmoqda.

Qandli diabetga qarshi kurashning dastlabki qadami bu faol turmush tarzi va kerak bo‘lsa, professional tarzda sport bilan shug‘ullanishdir. Bunga hamyurtimiz, velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakili Ulug‘bek Saidovning faoliyati yorqin misol bo‘la oladi.

Ayni payt jahon arenalarida o‘z omadini sinab ko‘rayotgan vakilimizda ham qandli diabet hastaligi aniqlangan. Hamyurtimiz yuqorida keltirilgan shiorga rioya qilgan holda velosport bilan professional shug‘ullana boshladi. Keling, bu haqida batafsil to‘xtalib o‘tamiz.

Novo Nordisk – bu ayni vaqtda jahonda diabetga chalingan (1-daraja) professional velopoygachilardan tashkil topgan yagona jamoa. Diabet bilan og‘rigan Ulug‘bek Saidov 2019 yil mazkur jamoa bilan professional shartnoma imzoladi. 22 yoshli spotchimiz Osiyo qit’asi vakillari orasida mazkur jamoa bilan ishlayotgan ilk sportchi bo‘ldi. Hozirda yana bir hamyurtimiz Dmitriy Ponktarov ham mazkur jamoaga a’zo.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekistonda mutaxassis Ruslan Useynov rahbarligida "Queen Sport Cycling" sport dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, unga qandli diabetning birinchi darajasi bilan og‘rigan bemorlar jalb qilinadi. Ulug‘bek Saidov ham mazkur dasturning ajralmas qismidir.

IMG_20200205_191343

Ulug‘bek 15 yoshida “Novo Nordisk” bazasiga olib kelingan va 2013-2014 yillar oralig‘ida ushbu jamoaning yoshlari tarkibida sinovdan o‘tdi. Saidov o‘z mehnati va shijoati sabab mazkur kasallik yuzaga keltiradigan alomatlarga chap berib kelmoqda. Uning "Team Novo Nordisk" jamoasi bilan 2014-2017 yillar oralig‘ida ishlagani kasallik bilan kurashishda asosiy himoya bo‘libgina qolmay, professional sportchi bo‘lib etishishiga zamin yaratdi. Ulug‘bekning o‘zi bular haqida shunday deydi:
– Men professionallar orasiga kirishga harakat qildim. AQShning bunday mashhur jamoasida harakat qilgan ilk o‘zbekistonlik vakil ekanimdan faxrlanaman. Zimmamda qanday mas’uliyat borligini his qilaman. So‘nggi bir necha yillar professional faoliyatga o‘tishim diabetga qarshi kurashishimda muhim rol o‘ynadi. Dastlabki ikki yil juda qiyin bo‘lishini bilardim. Shunday bo‘lsa ham, har bir kichik detallargacha ahamiyat berib, o‘z ustimda ishlashga harakat qildim. Bu yo‘lda menga yordam bergan barchaga o‘z minnatdochiligimni bildiraman.

photo_2020-02-01_14-56-32

Fil Sazerland ("Team Novo Nordisk" jamoasi asoschisi):
– Bir necha yildan beri o‘zbek sporti va Ulug‘bekning o‘sib borishini kuzatib bormoqdaman. U O‘zbekistonda qandli diabet bilan og‘rigan barcha bemorlarga ilhom manbayi bo‘ladi. Ishonamizki, O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi bilan hamkorlikda olib borilayotgan "Queen Sport Cycling” dasturi millionlab insonlar qalbiga umid va ishonch bag‘ishlaydi. Diabet – bu hukm emas.

Ma’lumot uchun, “Novo Nordisk” Xalqaro velosportchilar ittifoqining professional jamoasi maqomida va 2021 yil nufuzli “Tur de Frans” musobaqasida ishtirok etish huquqiga ega. Shu tariqa Ulug‘bek Saidov Jamoliddin Abdujabborov, Rafael Nuriddinov va Sergey Lagutindan so‘ng mazkur nufuzli turnirda ishtirok etadigan navbatdagi o‘zbekistonlik velosportchi bo‘lishi mumkin.

Ulug‘bek Saidov mazkur oyda "Tour of Columbia" turnirida ishtirok etadi. Musobaqa yakuniga etgach Turkiyada yig‘in o‘tkazadigan asosiy terma jamoamiz tarkibiga borib qo‘shiladi. Hamyurtimiz mart oyida Malayziyada o‘tadigan Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Manba: olympic.uz 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!