Iroq U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekiston bitta ko‘p bo‘lib harakatlanmoqda"

  • 11 iyun, 2022, 14:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Bugun soat 21:00 da 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi chorak final bahslari davom ettiriladi. Ikkinchi bahs O‘zbekiston hamda Iroq terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. 
 
Mazkur o‘yin oldidan Iroq olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Miroslav Sokup qisqacha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
 
"Chorak finalga chiqqanimizdan xursandmiz. Uchta og‘ir o‘tgan o‘yindan so‘ng keyingi bosqichda ekanimizni ko‘rish ajoyib.
 
O‘zbekiston bitta ko‘p bo‘lib harakatlanmoqda (kuladi). Ularni muxlislar juda zo‘r qo‘llab-quvvatlamoqda. Biz bilan bo‘ladigan bahsda ham shunday bo‘lsa, hayron qolmayman. 
 
Futbolchilarimning barchasi Vatan uchun maydonga tushadi. Biz ancha yillik muvaffaqiyatsiz ishtirokdan so‘ng yarim finalga chiqishni xohlaymiz. Muxlislarimiz va Vatanimiz uchun kubokni olib borishni istaymiz", - dedi mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!