"Ishonchim komil, Leo zo‘r futbolchi ekanini isbotlaydi!"

  • 20 yanvar, 2022, 20:00
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni paytda ijara asosida "Sporting"da harakat qilayotgan Pablo Sarabiya jamoa yulduzi Lionel Messining holati haqida fikr bildirdi:

Tecno

"Men u bilan ko‘p gaplashmaganman, ammo u boshidanoq menga juda yaxshi munosabatda bo‘ldi. Sportchi har qanday holatga moslashishi uchun vaqt talab etiladi.

Hozir Messi moslashuv jarayonida. Biroq ishonchim komil-ki, Leo zo‘r futbolchi ekanini isbotlaydi".

34 yoshli argentinalik futbolchi joriy mavsum avvalida Kataloniyadan Parijga ko‘chib o‘tgandi. Bu vaqt oralig‘ida u 16 uchrashuvda maydonga tushib, 6 gol va 5 assist muallifiga aylandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!