
"Ishonchim komil, Messi iloji boricha tezroq "Barselona"ga qaytadi"
PSJ hujumchisi Lionel Messi mavsumlar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirib, katta xatoga yo‘l qo‘ydi. Italiyalik sobiq futbolchi Fabritsio Ravanelli shunday deb hisoblaydi.
"U ajoyib o‘yinchi va dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Leo hayotidagi eng qiyin davrlarni boshdan o‘tkazayotganiga qaramay, fikrim o‘zgarmaydi. Uning yoshi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmayapti. Shu boisdan ham ishonchim komil, u iloji boricha tezroq "Barselona"ga qaytadi.
Hatto, buning uchun Messi maoshi kamayishiga ham rozi bo‘ladi. Kataloniya - uning uyi. Parijdagi yarim yil ichida Leo qanday katta xatoga yo‘l qo‘yganini tushunib etdi",-dedi Fabritsio.
Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli hujumchi joriy mavsum "Pari Sen-Jermen" libosida 23 bellashuvda qatnashib, 7 bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Shuningdek, uning hisobida 11 assist mavjud.
Fikrlar