
Ishsiz yurgan yulduz “Barsa” eshigini qoqdi
“Manchester Yunayted” va Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Jessi Lingard yozdan beri o‘ziga yangi jamoa topa olgani yo‘q.
31 yoshli yarim himoyachi barcha agentlarini haydab, o‘zi ish qidira boshladi.
ESPN Deportes nashrining xabar berishicha, Lingard shaxsan “Barselona”ga murojaat qilib, o‘zining xizmatlarini taklif qilgan.
Kataloniyaliklar hali angliyaning futbolchining taklifiga javob qaytargani yo‘q. Keyingi yillarda “Barsa” moliyaviy inqiroz tufayli asosan erkin agent maqomidagi o‘yinchilarni o‘z safiga qo‘shib olmoqda.
Jessi Lingard manchesterliklar bilan xayrlashganidan keyin “Nottingem Forest” safiga qo‘shilgan edi. Biroq bu klub ham bir yillik hamkorlikdan keyin Lingardni ko‘chaga kuzatib qo‘ydi.
Fikrlar