
Iskoning oldida ikkita variant bor
"Real" hujumkor yarim himoyachisi Isko qishki transfer oynasi vaqtida Madrid klubini tark etishi mumkin.
Ispaniyalik futbolchiga "Arsenal" qiziqish bildirmoqda. Oldinroq, 28 yoshli xavbek xizmatlariga "Sevilya" da’vogarlik qilayotgani xabar qilingan edi.
As nashri ma’lumotiga ko‘ra, Isko madridliklar sardori Serxio Ramos bilan bahslashib qolganidan so‘ng "Real"ni tark etishga qaror qildi.
2020/21 mavsumda xavbek "Real" safida barcha turnirlarda 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol muallifi bo‘ldi.
Fikrlar