
Islam Maxachev Konorni masxara qildi
Engil vaznda rossiyalik UFC jangchisi Islam Maxachev Konor MakGregorning Oliveyraga yo‘llagan murojaatiga javob qildi. Avvalroq, Konor chempion Charlz bilan jang qilmoqchi ekanligi haqida yozgandi.
"Sizning jangingiz 30 fevral kuni bo‘lib o‘tadi", - deya yozib qoldirgan Maxachev.
Ma’lumot uchun, Islam 27 fevral kuni navbatdagi jangini Beneil Dariushga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar