Islom Maxachev eski tanishi bilan to‘qnash keladi...Jang sanasi ham ma’lum
UFCning engil vazn toifasida faoliyat olib boradigan Islom Maxachev o‘zining navbatdagi jangini 14 noyabr kuni o‘tkazadi. 29 yoshli rossiyalikning raqibi braziliyalik Rafael dos Anos bo‘ladi.
Dastlab, ular o‘rtasidagi to‘qnashuv 24 oktyabr kuni “UFC 254” da bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo braziliyalikda koronavirus aniqlanganligi tufayli, jang bekor qilingandi.
Maxachev faoliyati mobaynida 18 g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etgan bo‘lsa, Dos Anosda 28 g‘alaba va 13 mag‘lubiyat bor.
Fikrlar