
Islom Maxachev uchun Neyt Dias va Entoni Pettis qulay raqibmi?
Rossiyalik UFC jangchisi Islom Maxachev "SE"ga bergan intervyusida Neyt Diaz bilan jang oson bo‘lishini aytdi.
- Neyt Diaz siz uchun qulay raqibmi?
- Albatta. Men uni juda oson raqib deb bilaman. Menimcha, MMA dagi barcha mutaxassislar uning so‘nggi jangini ko‘rib, unga munosib baho berishdi.
- Ammo u Entoni Pettis ustidan zafar quchdi.
- U ham kuchli emas. Uning vaqti allaqachon tugagan. Maqsadi faqat pul ishlash.
- Masvidal Diasni mag‘lub eta oladimi?
- Albatta. 99% g‘alaba qozonadi.
Manba: sport-express.ru
Fikrlar