
Islom To‘xtaxo‘jaev – OChL 1-turining eng chiroyli goli muallifi
Sayt xodimlari Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-turida kiritilgan eng chiroyli golni aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazishdi. Chiroyli gollar orasida “Lokomotiv” himoyachisi Islom To‘xtaxo‘jaevning “Al Vahda” darvozasiga kiritgan goli ham bor edi. Ko‘rgan bo‘lsangiz kerak, Islom jarima to‘pini mahorat bilan amalga oshirdi.
Bir kun davom etgan so‘rovnomada 2 262 muxlis qatnashib, shulardan 1 441 nafari Islom To‘xtaxo‘jaevga ovoz berishdi. Natijada “Loko” sardori 64 foiz ovoz bilan birinchi o‘rinni egalladi hamda uning goli OChL 1-turidagi eng chiroyli gol deb topildi.
Fikrlar