
Ispaniya Italiyaning mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘ydi
UEFA Millatlar Ligasi yarim finalidan o‘rin olgan Italiya - Ispaniya bahsi yakuniga etdi va unda "qizil furiya" raqibdan 2:1 hisobida ustun keldi.
Uchrashuvning 17-daqiqasida Ferran Torres hisobni ochdi. Birinchi taymning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqada uning o‘zi oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. 83-daqiqada Pellegrini hisobni qisqartirdi va bu gol o‘yinda so‘nggisi bo‘ldi.
Shuningdek, "Skuaddra Adzurra" futbolchisi Leonardo Bonuchchi 42-daqiqada qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
Endi ispanlar Belgiya - Frantsiya juftligi g‘olibiga qarshi finalda maydonga tushadi.
Fikrlar