Ispaniya kubogi. "Barselona" va "Real Madrid"ning 1/8 finaldagi raqiblari ma'lum
Ispaniya Kubogining 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, "Barselona", "Atletiko Madrid", "Real Madrid" hamda boshqa klublar o‘z raqiblarini bilib oldi.
Kataloniyaliklar safarda "Rasing" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. "Real" esa mehmonda "Albasete" bilan bahs olib boradi. Shuningdek, "matraschilar" 1/4 final yo‘llanmasi uchun "Deportivo" bilan kurash olib boradi.
Qolgan juftliklar quyidagicha:
"Leonesa" — "Atletik Bilbao"
"Burgos" — "Valensiya"
"Betis" — "Elche"
"Alaves" — "Rayo Valyekano"
"Osasuna" — "Real Sosyedad"
Ma’lumot uchun, ushbu bellashuvlar 13–15 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi

Fikrlar