
Ispaniya kubogi. Uchinchi yarim finalchi nomi ma’lum
Ispaniya Kubogi chorak finalidan o‘rin olgan "Valensiya" - "Atletik" bahsi yakuniga etdi. Mazkur bellashuvda bilbaoliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Mehmonlar safida Munyain, Uilyams hamda Vesga gol urdi. Shuningdek de Markos o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.
Shu tariqa, Ispaniya kubogi yarim finaliga chiqqan 3 ta jamoa nomi ma’lum. Bular "Barselona", Osasuna" hamda "Atletik". To‘rtinchi yo‘llanma g‘olibi "Real" - "Atletiko" bellashuvidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Fikrlar