
Ispaniya superkubogi. Bir necha kundan so‘ng "el-klasiko" guvohi bo‘lamiz!
Bir necha kundan so‘ng Ispaniya superkubogi start oladi. Ushbu turnir g‘olibligi uchun "Barselona", "Real", "Atletiko" va "Atletik" klublari kurash olib boradi.
Yarim final uchrashuvlari 12 yanvar sanasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Jumladan, ikki azalib raqib - "Barselona" - "Real" uchrashuvi 12-dan 13 yanvarga o‘tar kechasi 00:00da boshlanadi.
Ma’lumot o‘rnida, mazkur bahs Saudiya Arabistonida joylashgan "Qirol Abdulla" o‘yingohida o‘tkaziladi.
Fikrlar