
Ispaniya superkubogi: "Real" - "Atletik": Matnli translyatsiya
Assalomu alaykum, muhtaram futbol ixlosmandlari. Ispaniya Superkubogi yarim final uchrashuvini bo‘lib o‘tadi. Maydonda "Real" va "Atletik" jamoalari o‘zaro kurash olib boradi. Ushbu bahs matnli tarzda e’tiboringizga havola etiladi. Uni sizlar bilan Javohir Azimov kuzatib boradi.
90+9. Uchrashuv yakunlandi. Matnli translyatsiya Javohir Azimov tomonidan olib borildi!
90+8. Yo‘q! Hakam vaziyatni to‘p uchun odatiy kurash deb topdi.
90+7. Referi biroz oldingi vaziyat bo‘yicha VARga murojaat qildi. Ramosga nisbatan qoida buzilgan bo‘lishi mumkin.
90+6. Ferlan Mendi jamoasining so‘nggi hujumini noaniq zarbasi bilan yakunladi.
90+4. Jarima maydoni ichiga oshirilgan to‘pga Ramos eta olmadi. Yana bir hujum besamar yakunlandi.
90+3. Vinisiusning oddiy vaziyatdagi texnik xatosi jamoasining hujumi barbod bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
90+1. Kazemiro jarima maydoni ichida raqibini ustalik bilan zararsizlantirdi.
90. O‘yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo‘shib berildi.
88. Karim Benzema o‘z o‘rnini Mariano Diasga bo‘shatib berdi.
87. Serxio Ramosning bosh bilan yo‘llagan zarbasi ustun yonginasidan o‘tib ketdi.
84. Sariq kartochka! Tezkor qarshi hujumga o‘tayotgan Asensioni to‘xtatgan Dani Garsiya ogohlantirildi.
83. Sariq kartochka! Toni Kroos ogohlantirildi.
82. Benzemaning goli inobatga olinmadi. Karim bu safar haqiqatan voqealar rivojidan ilgarilab ketgandi.
80. Seyv! Hozirgina maydonga tushgan Vilyalibre birga-bir vaziyatdan zarba berdi. Kurtua xavfni bartaraf etdi.
79. Balensiaga va Garsiya zaxiraga olindi. Ular o‘rniga Morsilo hamda Vilyalibre o‘yinni davom ettiradi.
77. "Real" katta ishtiyoq bilan oldinga intilmoqda. So‘nggi daqiqalar bizga katta intriga va’da qilyapti.
75. GOOOOOOOOOOLLLLLLL! Videotakrorlardagi yordamchilari bilan maslahatlashgan hakam maydon markaziga ishora qildi.
74. Bir daqiqa! Referi VARga murojaat qilmoqda.
73. Ofsayd! Benzemaning katta qiyinchilik bilan kiritgan goli o‘yindan tashqari holat tufayli inobatga olinmadi.
71. Iker Munyain o‘z o‘rnini Aleks Berengerga bo‘shatib berdi.
69. Marko Asensiodan omad yuz o‘girmoqda. Uning bu safargi "pushka" zarbasi to‘sinni titratdi, xolos.
68. Mehmonlar safida Vesga hamda Lekue Vensedov va Kapani almashtirdi.
67. Azar va Modrich o‘rniga Vinisius hamda Valverda maydonga tushdi.
67. Iker Munyainga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
66. Zidan shogirdlari ancha faollashdi. Biroq ularga hujumga so‘nggi nuqtani qo‘yishda omad kulib boqmayapti.
64. Kroos jarima maydoni tashqarisidan o‘z omadini sinab ko‘rdi: to‘p himoyachilar tomonidan qaytarildi.
62. Asensioning navbatdagi zarbasidan so‘ng to‘p ustundan qaytdi. Marko o‘ta qulay imkoniyatni golga aylantira olmadi.
60. Bilbaoliklar markazdayoq raqibni to‘psiz qoldirmoqda. Erta pressing o‘z samarasini beryapti.
58. Asensioning chiroyli traektoriya olgan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.
56. Sariq kartochka! Qarshi hujumga o‘tayotgan Azarni qoida buzish evaziga to‘xtatgan Ander Kapa ogohlantirildi.
54. Iker Munyainning bosh bilan yo‘llagan zarbasi biroz noaniq ketdi. Aks holda, madridliklar golni yaqin rakursdan tomosha qilishiga to‘g‘ri kelardi.
52. Vaskesning uzatmasidan keyin Azar to‘pga eta olmadi.
50. Jarima maydoni yaqinida Mendi yiqilib tushdi. Hakam vaziyatga ortiqcha e’tibor qaratmadi.
48. Madridliklar yana to‘pni o‘z nazorati ostida ushlab turibdi. Biroq bu hech qanday foyda keltirmayapti.
46. Ikkinchi taym boshlandi!
46. Bo‘limlar oralig‘ida Zidan o‘zgarish amalga oshirdi: Varan o‘rniga Nacho maydonga tushdi.
46. Futbolchilar maydonga qaytdi. Biz ham qaytamiz.
45. Birinchi bo‘limga vaqt qo‘shilmadi. Tanaffus!
45. Inyaki Uilyams birga-bir vaziyatga chiqib bordi. Biroq hakam ofsayd sababli o‘yinni to‘xtatdi.
43. Seyv! Kroosning uzoq masofadan bergan zarbasini Unai Simon egallab oldi.
42. Varanning himoyadagi ishonchli harakat tufayli, "Atletik"ning xavfli hujumi to‘xtatildi.
40. Vaskes qulay imkoniyatni ko‘kka sovurdi. U Modrichning uzatmasidan keyin to‘pni darvozaga yo‘llay olmadi.
38. GOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLL! To‘p qarshisiga kelgan Raul Garsiya hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi.
37. Sariq kartochka! Lukas Vaskes ogohlantirildi.
37. Penalti! Jarima maydoni ichida Lukas Vaskes raqibiga nisbatan qoida buzdi. Hakam nuqtaga ishora qildi.
34. Zidan shogirdlari markazda to‘pni nazorat qilmoqda. "Atletik" bundan ortig‘iga imkoniyat bermayapti.
31. Asensioning zarbasi noaniq ketdi.
30. "Qaymoqranglilar" raqib jarima maydoniga kirishda katta qiyinchilikka duch kelyapti. Natijada, aksariyat hujumlar muvaffaqiyatsiz yakunlanmoqda.
28. Azar jarima maydoni markaziga to‘p uzatdi. Lekin jamoadoshlaridan hech kim to‘pni qabul qilishga tayyor emasdi.
27. Seyv! Munyainning zarbasidan keyin Kurtua to‘pni ushlab oldi.
26. Asensioning zarbasidan keyin to‘p u kutganchalik aylanmadi.
25. Madridliklarning o‘ng qanoti hozircha, faolroq ko‘rinmoqda.
23. Raul Garsiyaning uzoq masofadan bergan kuchli zarbasi biroz noaniq ketdi.
22. Jarima maydoniga oshirilgan to‘pga "Atletik" futbolchilari eta olmadi.
20. Gol o‘tkazib yuborgan madridliklar hujum uyushtirishda davom etmoqda. Biroq ular xavf tug‘dira olmayapti.
18. GOOOOOOOOOOLLLLLLLL! Uilyamsning uzatmasidan keyin qulay imkoniya hosil qilgan Raul Garsiya hisobni ochdi!
17. Seyv! Toni Kroosning jarima maydoniga uzatgan to‘pini Ramos darvozaga yo‘lladi. Darvozabon o‘z o‘rnida.
16. Marko Asensioga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun "qaymoqranglilar" standart vaziyatga ega bo‘ldi. To‘p qarshisida doimgidek Kroos.
14. Madridliklar maydon markazida to‘pni nazorati qilyapti.
12. Eden Azar bu safar yaqin masofadan zarba bera olmadi. Himoyachilar unga halal berishni uddaladi.
10. Seyv! Azarning jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan zarbasini darvozabon qaytardi.
9. Ikki raqibi qurshovida qolib ketgan Uilyams to‘pni yo‘qotdi.
7. Nominal mehmonlar erta pressing uyushtirib, raqibni to‘psiz qoldirishga harakat qilmoqda.
5. Ilk zarba madridliklarda: Modrichning urinishi aniq, ammo kuchsiz edi.
4. Toni Kroosning burchakdan oshirgan to‘piga sheriklari zarba bera olmadi.
2. Asensioning uzatmasiga Mendidan avval raqib futbolchisi etib keldi.
1. O‘yin boshlandi!
0. Futbolchilar maydonga tushib keldi. O‘yin bir necha soniyalar ichida start oladi.
Jamoalar tarkibi bilan tanishing:
Fikrlar