Ispaniya terma jamoasi g‘alaba uchun qancha pul oldi?

  • 15 iyul, 2024, 21:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya terma jamoasi Germaniya mezbonlik qilgan Evropa chempionatida eng mazmunli o‘yin ko‘rsatdi va oxir-oqibat bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Statistika ekspertlari Ispaniya terma jamoasi musobaqa davomida maksimal darajada pul ishlab olganini hisoblab chiqdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ispanlar qit’a chempionatida 28,25 million evro miqdorida daromad ko‘rdi.

Ma’lum qilinishicha, Evropa chempionatida ishtirok etgan har bir jamoa kafolatlangan 9,25 million evroga ega bo‘ldi.

Ispaniya terma jamoasi bundan tashqari ettita o‘yinning barchasida zafar quchdi va har bir g‘alaba uchun bir million evrodan oldi.

Evropa chempionati g‘olibiga 8 million evro miqdorida mukofot puli berilishi belgilangan. Bu ham ispanlarga nasib qildi.

Finalda ishtirok etgani uchun 5 million evro bilan taqdirlangan Angliya terma jamoasi umumiy hisobda 14,25 million evro ishlab oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!