Ispaniya terma jamoasining Evro-2020 saralash o‘yinlari uchun tarkibi e’lon qilindi

  • 8 noyabr, 2019, 21:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Robert Moreno Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Malta hamda Ruminiya terma jamoalariga qarshi o‘yinlar uchun tarkibni e’lon qildi.

Aytish kerakki, ushbu o‘yinlardan birida qayd etiladigan durang natija ham Ispaniyani Evro-2020 final bosqichiga olib chiqadi.

Darvozabonlar: David De Xea ("Manchester Yunayted"), Kepa Arrisabalaga ("Chelsi"), Pau Lopes ("Roma").

Himoyachilar: Daniel Karvaxal, Serxio Ramos (ikkalasi - "Real"), Xesus Navas ("Sevilya"), Xose Gayya ("Valensiya"), Xuan Bernat (PSJ), Inigo Martines ("Atletik"), Raul Albiol, Pau Torres (ikkalasi - "Vilyarreal").

Yarim himoyachilar: Santi Kasorla ("Vilyarreal"), Serxio Buskets ("Barselona"), Rodri ("Manchester Siti"), Tiago Alkantara ("Bavariya"), Saul ("Atletiko"), Fabian Ruis ("Napoli").

Hujumchilar: Jerar Moreno ("Vilyarreal"), Mikel Oyarsabal ("Real Sosedad"), Rodrigo ("Valensiya"), Pako Alkaser ("Borussiya" Dortmund), Alvaro Morata ("Atletiko"), Dani Olmo ("Dinamo" Zagreb).

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya - Malta o‘yini 15 noyabr, Ispaniya - Ruminiya bahsi esa 18 noyabr kuni bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!