Ispaniyada porlagan yulduz: Hech kim o‘zbeklarni qattiq tanqid qilmaydi, ular o‘yindan zavq olsin!
O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026 yildgi jahon chempionatida doirasida Kolumbiyaga qarshi o‘tkazgan tarixiy o‘yini keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. “K” guruhining birinchi turida o‘zbek futbolchilari 1:3 hisobida raqibga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
O‘z davrida Rossiya, Portugaliya, Fransiya va Ispaniyada porlagan rossiyalik mashhur futbolchi Aleksandr Mostovoy O‘zbekistonning mundialdagi debuti bo‘yicha o‘z fikr mulohazalarini biddirib o‘tdi.
Mostovoy hozirgi bosqichda O‘zbekiston milliy terma jamoasining salohiyati va imkoniyatlarini sog‘lom baholash kerakligini, ortiqcha hissiyotlarga berilmaslik lozimligini aytdi.
- Hayajonlanish, qo‘llab-quvvatlash — bor gap. Lekin O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatidagi salohiyatini sog‘lom baholash ham kerak.
Rostdan ham kimdir O‘zbekiston Kolumbiyani mag‘lub etadi, deb o‘ylaganmidi?
Ha, Ispaniya ishtirok etgan o‘yindan keyin mo‘jizalar bo‘lishini yana bir bor ko‘rdik. Futbolda hamma narsa ro‘y berishi mumkin, lekin vaziyatga xolis qaraydigan bo‘lsak, kamdan-kam odam O‘zbekiston Kolumbiyadan ochko oladi, deb ishongan. Bu jamoada hatto Kordoba asosiy tarkibda maydonga tushgani yo‘q, - dedi Aleksandr Mostovoy.
Taniqli mutaxassisning ta’kidlashicha, O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatiga yo‘l olganining o‘zi katta yutuq va bundan zavqlanish kerak.
- O‘zbekiston jamoasi ishtirokchilar soni kengaygani tufayli jahon chempionatiga chiqdi. Lekin baribir ular uchun bu ulkan natija. Barcha xursand, ular sayyora miqyosidagi eng yirik musobaqada o‘ynayapti.
Butun mamlakat shu haqida gapiryapti — buning o‘ziyoq katta yutuq. Hech kim ularni natija uchun qattiq tanqid qilmaydi. Futbolchilar maydonga chiqib, o‘yindan zavq olishlari kerak, - dedi Aleksandr Mostovoy.
Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Mostovoy sobiq ittifoq va Rossiya milliy chempionatlarida Moskvani“Spartak” jamoasidagi o‘yinlari bilan tanilgan.
Mostovoy keyinchalik Evropaga yo‘l olgan hujumkor futbolchi uzoq yillar davomida legioner sifatida faoliyat yuritib, Portugaliyada “Benfika”, Fransiyada “Kann” va “Strasbur”, Ispaniyada “Sel’ta Vigo” hamda “Alaves” jamoalari sharafini himoya qilgan.
Noyob hodisa: Fayzullaev jahon chempionatlari rekordini o‘rnatdi
Irismetov mundialda pley-offga chiqish yo‘lini aytdi
Timur Kapadze eski shogirdlarining mundialdagi o‘yinini qanday baholadi?

Fikrlar