
Ispaniyaga raqib bo‘lgan Angliya muhlislari uchun ajoyib yangilik!
"Evro-2024" davomida Garet Sautgeyt boshchiligidagi Angliya terma jamoasining o‘yinini ko‘plab futbol ishqibozlari tanqid qilishdi. Lekin inglizlar yarim finalda "uchar gollandlar"ga qarshi super uchrashuv o‘tqazib, so‘nggi daqiqalarda Uotkinsning goli evaziga final chiptasini qo‘lga kiritdi.
"Uch sherlar"ning muhlislari uchun o‘ziga xos xushxabar. Evropa chempionatlari tarixida finalda mag‘lub bo‘lgan jamoa keyingi Evro finaliga chiqqan holati tarixda 3 marotaba ro‘y bergan. Bu safargi turnirda ham shunday holat ro‘y berdi. O‘z vatanida bo‘lib o‘tgan 2020 yilgi Evropa chempionati finalida Angliya Italiyaga penaltilar seriyasida yutqazib qo‘ygan edi.
1976 yil: Chexoslovakiya 2:2 Germaniya (5:3 penaltilar seriyasi)
1980 yil: Germaniya 2:1 Belgiya
1992 yil: Daniya 2:0 Germaniya
1996 yil: Germaniya 1:1 Chexiya (qo‘shimcha bo‘limlarda 1:0)
2020 yil: Angliya 1:1 Italiya (2:3)
2024 yil: Ispaniya va Angliya.
Fikrlar