
Ispaniyaning JCh-2022 dani maqsadi nima? Guruhdagi eng kuchli raqib kim? Luis Enrike qur’adan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike JCh-2022 guruh bosqichiga qur’a tashlash natijalari haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya mundialda “E” guruhida Germaniya va Yaponiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Pley-offda Kosta-Rika va Yangi Zelandiya juftligi g‘olibi ham aynan mana shu guruhga qo‘shiladi.
"Biz bu jahon chempionatini zabt etishni istaymiz. Biz o‘yin uslubimizni o‘zgartirmoqchi emasmiz, xoh u o‘rtoqlik o‘yini bo‘lsin, xoh Evropa chempionati yoki jahon chempionati. Bizda aniq o‘yin uslubimiz bor. Har qanday jamoa bizdan kuchli bo‘lishi mumkin, ammo biz har qanday raqibni mag‘lub eta olamiz.
Turnirning borishiga qarab, bu qiyin qur’a oddiy bo‘lib qolishi mumkin. Kim biladi, jamoalar unga qanday holatda etib keladi. Syurprizlar ham bo‘lishi mumkin.
Ikkinchi safatchadan Germaniya eng kuchli raqib bo‘ldi. Kuchli jamoa va top-murabbiy kelganidan keyin ular yanada kuchaydi. Lekin biz boshqa kuchmiz, dunyoda (FIFA reytingida) ettinchi o‘rindamiz va bizda jahonni zabt etish istagi bor. Bu istak o‘zgarmaydi”, - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Fikrlar